Gvineya prezidenti “Sputnik V” bilan emlandi

Gvineya prezidenti “Sputnik V” bilan emlandi

Gvineya prezidenti Alfa Konde koronavirusga qarshi “Sputnik V”  Rossiya vaksinasi bilan emlandi.

Bu haqda “Guinéenews” telekanali xabar qildi, deb yozmoqda "sputniknews-uz.com".

Gvineya Moskvadan “Sputnik V” vaksinasining 55 ta namunasini olgan. Avvalroq mamlakatda 19 nafar yuqori lavozimli amaldor, jumladan, mudofaa vaziri emlangandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gvineyada 14 mingdan ziyod kishi COVID-19 bilan kasallangan. Shulardan 13,3 mingdan ziyod tuzalib ketgan. Jami 81 bemor koronavirusdan vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!