Gruziyada Su-25 samolyoti mashg‘ulot paytida halokatga uchradi. Uchuvchi vafot etdi

Gruziyada Su-25 samolyoti mashg‘ulot paytida halokatga uchradi. Uchuvchi vafot etdi

Rejalashtirilgan harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida Gruziya harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyoti halokatga uchradi, natijada uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Gruziya Mudofaa vazirligi bugun samolyot halokati sabablarini tushuntirmasdan xabar berdi.

Hodisa mamlakat janubi-sharqida, Marneuli aviabazasi yaqinida yuz bergan.

SU-25 hujumchi samolyoti Sovet davridan beri Tbilisi aviasiya zavodida ishlab chiqarilgan. Yaqinda u sezilarli darajada modernizasiya qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!