Germaniyalik erkak tasodifan 27 ta Tesla Model 3 elektromobiliga buyurtma berib yubordi

Germaniyalik erkak tasodifan 27 ta Tesla Model 3 elektromobiliga buyurtma berib yubordi

Mijoz buyurtmasining umumiy qiymati 1 404 000 yevro bo‘ldi.

Erkakning aytishicha, saytda hamma ma’lumotlarni kiritgan, elektrokarning narxini to‘lash chog‘ida esa sayt xatolik bo‘layotganini ko‘rsatgan. Mijoz hammasini boshidan boshlagan, ammo yana xatolik chiqqan.

Natijada qaysar erkak 26 marta Tesla buyurtma qilishga uringan, 27 marta urinishda unga omad kulib boqqan.

Birozdan so‘ng erkak buyurtma rasmiylashtirilgani haqida xabar olgan. Ma’lum bo‘lishicha, u bitta emas, balki 27 ta elektromobilga buyurtma bergan. Endilikda u 52 ming yevro o‘rniga bir yarim million yevro to‘lashi kerak.

Erkak qo‘llab-quvvatlash markazi bilan bir kun o‘tib bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan. Operator saytda vaqti-vaqti bilan shunday xatoliklar bo‘lib turishini aytgan hamda mijozning 27 ta avtomobilga buyurtmasini bekor qilgan.

Endi germaniyalik erkak Tesla Model 3 avtomobilini buyurtma qilish uchun 28 marta urinib ko‘rishi kerak, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!