Germaniya, AQSh va yana 16 davlat HAMASni garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirdi

Germaniya, AQSh va yana 16 davlat HAMASni garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirdi

Hujjat Germaniya kansleri Olaf Shols va AQSh prezidenti Jo Baydendan tashqari Avstriya, Argentina, Braziliya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Daniya, Ispaniya, Kanada, Kolumbiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Serbiya, Tailand va Fransiya yetakchilari tomonidan imzolangan.

"Biz G‘azoda 200 kundan ortiq vaqt davomida garovda ushlab turilgan barcha insonlarni zudlik bilan ozod qilishga chaqiramiz. Garovga olingan va G‘azoning tinch aholisi taqdiri xalqaro huquq himoyasidadir", deyiladi bayonotda.

Bayonotda, shuningdek, garovga olinganlarning ozod etilishi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va uning aholisiga yetkaziladigan gumanitar yordam hajmini oshirishga yordam berishi ta’kidlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!