Futbol. O‘zbekiston MTJ Iordaniyaga yirik hisobda yutqazdi

Futbol. O‘zbekiston MTJ Iordaniyaga yirik hisobda yutqazdi

O‘zbekiston milliy jamoasi Amman shahrida Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Srechko Katanes shogirdlarining o‘yini u qadar qovushmadi. Mezbonlar esa ancha yaxshi harakat qilishdi. Boz ustiga, iordaniyaliklar vaziyatlardan unumli foydalanishgan bo‘lsa, vakillarimiz qulay vaziyatlarni golga aylantira olishmadi.

Iordaniya birinchi bo‘limda bitta gol urgan bo‘lsa, ular ikkinchi bo‘lim avvalida farqni 2taga oshirishdi. Uchinchi golda esa himoyachilarimiz juda no‘noq harakat qilishi natijasida Hamza Dardur yakkama-yakka vaziyatda Suyunovni osonlik bilan dog‘da qoldirdi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
IORDANIYa - O‘ZBEKISTON - 3:0 (1:0)
Gollar: Baho Seyfal (29), Nasib Abdulloh (56), Hamza ad-Dardur (83)
O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Islom Qobilov (Abdulla Abdullayev, 46) Doston Tursunov (Husniddin Aliqulov, 61), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Farruh Sayfiyev, 61), Otabek Shukurov, Akmal Mozgovoy, Shahboz Umarov, Dostonbek Hamdamov (Azizbek Amonov, 46), Oybek Bozorov (Igor Sergeev, 61), Eldor Shomurodov (Aziz G‘aniyev, 73)
Ogohlantirish: Otabek Shukurov (89)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!