Farg‘onada televizor, elektron pechi va uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada televizor, elektron pechi va uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uchko‘prik tumani. 3 iyul kuni E.M. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 30 iyun kuni Samarqand viloyatida bo‘lganligi uchun X.S. ismli ayol tanishiga yashash uyiga borib, bolalariga qarab turishini aytganligi o‘zi yashash uyiga 30 iyun kuni qaytib kelganida tanishi uyidagi 2.700.000 so‘mlik “Artel” televizori, 1.000.000 so‘mlik “Artel” rusumli elektron pechi va 1.200.000 so‘mlik telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.S ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!