Farg‘onada ayol ballon almashtirayotganda fojiali tarzda vafot etdi

Farg‘onada ayol ballon almashtirayotganda fojiali tarzda vafot etdi

17 may kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashagan SH.B. ismli ayol uyi oshxonasida gaz plitasiga ulangan gaz ballonini boshqa gaz balloniga almashtirayotgan vaqtida ulardan sizib chiqayotgan gazdan yong‘in sodir bo‘lgan. 

Oqibatda uyining 70 kv.m. maydonida ichki va tom qismi yonib zarar ko‘rgan hamda SH.B. kuyish jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!