Evro—2024. Penaltilar seriyasigacha yetib borgan o‘yinda Portugaliya Sloveniyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

Evro—2024. Penaltilar seriyasigacha yetib borgan o‘yinda Portugaliya Sloveniyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining nimchorak finalida Portugaliya va Sloveniya terma jamoalari 1 iyul, dushanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Portugaliya penalti ishlab oldi. 105-daqiqada Krishtianu Ronaldu ushbu penaltini noaniq amalga oshirdi. Ekstra taymlarda ham gol urilmagach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa portugaliyalik darvozabon Koshta 3 ta seyv amalga oshirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Portugaliya safida esa Ronaldu, Brunu va Bernardular penaltini aniq amalga oshirdi.

Shu tariqa Portugaliya chorak finalda Fransiyaga qarshi bahs olib boradi.

Evro—2024

Nimchorak final

1 iyul, dushanba

Portugaliya – Sloveniya 0:0

Penaltilar seriyasi: 3:0

Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu, Pepe, Ruben Diash, Mendesh, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Palinya, Vitinya (Diogu Jota, 65), Rafael Leau (Fransishku Konseysau, 76), Ronaldu.

Sloveniya: Oblak, Stoyanovich (Verbich, 86), Karnichnik, Drkushich, Biyol, Balkoves, Gnezda-Cherin, Elshnik (Ilichich, 105), Shporar (Selar, 75), Sheshko, Mlakar (Gorens-Stankovich, 74).

Ogohlantirishlar: Drkushich (32), Karnichnik (37), Gorens-Stankovich (101), Biyol (106), Balkoves (107), Joau Kanselu (107).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!