"Eta" va "Yota" bo‘ronlaridan zarar ko‘rganlar soni 4,2 million kishiga yetdi

"Eta" va "Yota" bo‘ronlaridan zarar ko‘rganlar soni 4,2 million kishiga yetdi

"Yota" va “Eta” bo‘ronlari keltirib chiqargan toshqinlar hamda ko‘chkilar Gonduras uchun halokatli bo‘ldi.

Tabiiy ofat natijasida jami 100 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Mutaxassislar tomonidan yetkazilgan zarar miqdori 10 milliard dollardan oshiqroqqa baholanmoqda.

Mintaqada uylar va qishloq xo‘jaligi yerlari vayron bo‘lgan. Ba’zi aholining aytishicha, bu safar ular 2018 yilda sodir bo‘lgan "Mitch" bo‘ronidan ham ko‘proq yo‘qotishlarga duch kelishgan.

“Xalqaro Qizil Xoch” qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, atigi ikkita bo‘ron, shu jumladan, qo‘shni Nikaragua va Gvatemalani qamrab olgan holda 4 million 200 ming kishiga zarar yetkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!