Emlangan shaxslarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik ta’tili beriladimi?

Emlangan shaxslarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik ta’tili beriladimi?

— Emlash jarayoni bu kasallik degani emas. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik ta’tili qonunchilikda belgilangan tartiblar asosida beriladi. Bu tartibda vaksina olganlar mehnatga layoqatsizlik ta’tili olishi mumkin degan bandi yo‘q.

Lekin, agar emlangan shaxsda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik ta’tili olishi mumkin bo‘lgan holat kuzatilsa, qonunchilikda belgilangani talab va tartiblar asosida uni rasmiylashtirish mumkin, deydi Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva bugungi brifingda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!