Dunyoning 3-raqamli raketkasi Uimbldon turnirida ishtirok etishdan bosh tortdi

Dunyoning 3-raqamli raketkasi Uimbldon turnirida ishtirok etishdan bosh tortdi

Dunyoning 3-raqamli tennischisi, Belarus vakili Arina Sobolenko yelkasidan olgan jarohati sabab Uimbldon turnirida ishtirok etishdan bosh tortdi. Tennischi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday qarorga kelganini malum qildi.

“Sizlarga juda afsus bilan aytishim kerakki, men o‘ynay olmayman. Men turnirga imkon qadar tayyor bo‘lishga harakat qildim, ammo bugun mashg‘ulotlar davomida jamoam bu o‘yin mening vaziyatimni murakkablashtirishini tushuntirdi”, – deb yozadi tennischi.

Bungacha A.Sobolenko Berlindagi musobaqada Anna Kalinskaya bilan bellashishdan bosh tortgan edi.

Belaruslik tennischining o‘rniga Uimbldon turnirida saralashdan o‘ta olmagan rossiyalik Erika Andreeva chiqadi.

U birinchi bosqichda amerikalik Emina Bektas bilan uchrashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!