Dunyodagi eng qimmat hot-dog Shveysariyada sotuvga chiqdi

Dunyodagi eng qimmat hot-dog Shveysariyada sotuvga chiqdi

Shveysariyada dunyodagi eng qimmat hot-dog sotuvga chiqarildi. Uning narxi - 250 frank (255 yevro).

Hot-doglar Syurixdagi keytering kompaniyalaridan biri tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Kompaniya egalari uning mahalliy aholi va sayyohlar orasida xaridorgir bo‘lishiga ishonchi komil.

Bunday yuqori narx hot-dog tarkibida faqat yuqori sifatli mahsulotlar borligi bilan izohlanadi: sosiska dunyodagi eng qimmat mol go‘shti — Yaponiyaning Kobe (vagyu) go‘shtidan tayyorlangan, unga Alba - oq italyan tryuffellari qo‘shilgan va za’faronli bulkaga o‘ralgan. Sous Fransiyaning Louis Roederer Cristal shampanidan tayyorlangan. Unga Shveysariya shokoladi ushoqlari va tilla zarralari qo‘shilgan qora murch sepilgan. Hot-dogni pishirish vaqti taxminan 40 minut.

Shveysariya muntazam ravishda dunyodagi eng qimmat mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egallab keladi. Bu yil ECA International konsalting kompaniyasi tomonidan yashash uchun eng qimmat shaharlarning top-10 reytingiga Shveysariyaning ikkita shahri – Jeneva (uchinchi o‘rin) va Syurix (ettinchi o‘rin) kiritilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!