"Diniy bag‘rikenglik degan iboraga e’tirozim bor!"

"Diniy bag‘rikenglik degan iboraga e’tirozim bor!"

Dinlararo munosabatlarda keyingi paytda ishlatish urf bo‘lgan “diniy bag‘rikenglik” tushunchasi va so‘z birikmasiga biroz e’tiroz bor. Chunki bu so‘z birikmasi islomga ham insof qilmaydi va ahli zimmatga ham hurmat ko‘rsatmaydi. 
Bu fikrimni tushuntirishga harakat qilaman. “Bag‘rikenglik” arab tilidagi “tasamuh” so‘zidan olingan bo‘lib, u muruvvatli bo‘lish, iltifot va shafqat ko‘rsatish asnosida haqdan  kechish ma’nosini anglatadi. Bunday haqdan kechish Allohning haqlariga tegishli hukmlarda mavjud. Balki inson o‘zini Allohning haqlari oldida bag‘rikenglikning, ya’ni Allohning o‘z bandalaridan fazli va ehsoni ila haqlaridan kechishligining keng maydoni uzra turgandek ko‘radi. Agar ibodatlar hukmlariga qarasangiz ularning qanchadan qancha ruxsat va haqni kechish bilan ihotalanganini ko‘rasiz.

Bunga kasallik va musofirlikda juma namozi farz, hayit namozlari vojib bo‘lmasligi, musofirlikda namoz qasr o‘qilishi va ro‘za tutish ixtiyoriyligi, mahsiga mash tortish muddatining z kunga cho‘zilishi, yoki suv topilmaganda tayammum qilinishi, kishi vafot qilganda Allohdan bo‘lgan namoz, ro‘za kabi qarzlari uning qoldirgan molidan ado qilinmasligi kabi va bulardan boshqa minglab masalalar misol bo‘ladi. Zero Alloh taolo:      لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا    “Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. 

Bundan tashqari inson bu haqlarni ado qilishdagi xato va kamchiliklarida afv va kechirish umidlariga doimo bog‘langan bo‘ladi. Shundan fuqaholar: “Allohning haqlari bag‘rikenglikka bino qilingandir”, deyishadi. Ammo bandalarning haqlarini belgilab beradigan va o‘rtalarida adolat mezonini qo‘yadigan ahkomlarda bag‘rikenglik asoslarini o‘rnatishda ma’no yo‘qdir. Aks holda tomonlar o‘rtasida adolat mezoni buziladi. Buning sababi, bunday hukmlar huquqlar himoyasi va rioyasi uchun adolatning nozik mezoniga muvofiq barpo qilingan. Agar tomonlarning biridan bag‘rikenglik topilsa buning natijasida boshqa tomondan nohaqlik va zulm topilishi kerak bo‘ladi. Ahli zimmat ahkomlari bir mehvar doirasida aylanadi. U ham bo‘lsa musulmon jamiyati soyasida musulmonlar va ahli kitob o‘rtasidagi mumomalot va muosharotda adolat kafolatlarini mustahkamlashdir.

Ya’ni ahli zimmat ahkomlaridan har bir hukmda musulmon va kitobiylarning har biri uchun adolat qaror topishi rioya qilingan. Agar bu hukmlarda musulmonlar foydasiga bag‘rikenglik kiritilsa kitobiylarga nohaqlik va zulm qilingan bo‘ladi. Agar ularda kitobiylar manfaati uchun bag‘rikenglikka rioya etilsa, bu holda musulmonlarga adolatsizlik qilingan bo‘ladi. To‘g‘ri, bandalarning o‘zaro o‘rtalaridagi haqlarini belgilab beradigan huquqlarda bag‘rikenglik tushunchasi mavjud.

Bu tushuncha bitta ma’nodagina vorid va ma’quldir. U ham bo‘lsa Alloh taoloning har bir shaxsning o‘zga tomon bo‘lgan huquqida bag‘rikeng va iltifotli bo‘lishga tavsiyasidir. Ammo bu xususda majburiy ahkomlar joriy qilmagan. Chunki bag‘rikenglik qachon ixtiyoriy yuzaga chiqqandagina o‘zining haqiqiy ma’nosini ifodalaydi. Ammo bu to‘g‘rida majburiy hukmlarning joriy qilinishi ayni zulmning o‘zidir. 

So‘zimiz tushunarli bo‘lishi uchun misol keltiraman: shori’ oldi sotdi, qarzdorlik masalalaridan iborat moliyaviy taomul doirasida majburiy hukmlarni joriy qilgan. Bunda hamma tomonga adolatni kafolatlagan va bag‘rikenglik, hamda oliyjanoblik asoslaridan uzoqda bo‘lgan huquqlar majmu’ini mashru’ etgan. Lekin odamlarga axloqiy asoslarni bayon etganda barchaga oliyjanoblik va muruvvatli bo‘lishni tavsiya etadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Sotganda muruvvatli bo‘lgan, olganda muruvvatli bo‘lgan, qarzni to‘laganda muruvvatli bo‘lgan va qarzini undirganda muruvvatli bo‘lgan kishini Alloh rahmat qilsin”, dedilar. Demak, musulmonlar bilan kitobiylarning aloqalarini tartibga soladigan hukmlarni bag‘rikenglik sifati bilan tavsiflash hech bir holda to‘g‘ri bo‘lmaydi. Agar shunday qilinsa bu bir vaqtning o‘zida zulm va nohaqlik  deb ham ataladi.

Chunki ba’zi bandalarning huquqlarida majburiy bag‘rikenglik boshqalarining haqlarini zoye’ qilish evaziga yuzaga chiqadi. Bizning “Ahli zimmat ahkomlarini bag‘rikenglikda sifatlash islomga insof qilmaslik”, degan so‘zimizning tasdig‘i mana shudir. Bu iboraning ahli zimmatga hurmat ko‘rsatmasligiga kelsak, ehson kiyimi kiydirilgan va oliyjanoblik, muruvvat bo‘yog‘i bilan bo‘yalgan bunday muomalotdan, u qay darajada oliy va adolatli bo‘lmasin, ularning ham jirkanish va xafa bo‘lishga haqlari bordir. Chunki inson qanday bo‘lmasin izzat nafsli qilib yaratilgan.

Alloh bu to‘g‘rida shunday marhamat qiladi:    وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ وَحَمَلْنَاهُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَرَزَقْنَاهُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَفَضَّلْنَاهُمْ عَلَى كَثِيرٍ مِمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلًا  “Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini aziz-mukarram qildik va ularni barru-bahrda — quruqlik va dengizda (ot-ulov va kemalarga) chiqarib qo‘ydik hamda ularga halol-pok narsalardan rizqu ro‘z berdik va ularni O‘zimiz yaratgan juda ko‘p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo‘ydik.” (Isro surasi, 70-oyat).

Alloh azza va jallaning insonni ikrom qilishi samarasi bo‘lmish eng muhim mukarramlik ehson minnatlari va rahmat Fiqh va islom merosi kitoblarida islom hukmlari va qonunlari doirasida “bag‘rikenglik” istilohini qanchalik izlamaylik bu yo‘nalishda hech qanday muvaffaqiyatga erishmaymiz. To‘g‘ri, islomning odamlarga ixtiyoriy bag‘rikenglikka bo‘lgan tavsiyalari axloqiy asoslar va qadriyatlar haqida so‘zlanganda ko‘p bor takrorlanadi. Faqat bugunga kelibgina islom hukm va qonunlaridagi insoniylik ma’nolarini bo‘rttirish maqsadida ayrim yozuvchi va tadqiqotchilar tillarida ushbu kalima takrorlana boshladi. Vaholanki, bu kalima yoki birikma inson huquqlari, ya’ni insonlarning o‘zaro adolatli hayot kechirish usullarini belgilab bergan  huquqlarning bayonini o‘z ichiga olgan hukmlar doirasida hech qanday ma’noni ifodalamaydi.

Unda Qonunlar egasi Allohning insonlarning insoniyligiga ehtimomi, ularga o‘ta mehribonligi namoyon bo‘lgan ma’lum hukmlarni qanday nom bilan ataymiz, degan savol tug‘iladi. Bu hukmlarni adolat deb nomlaymiz, insoniylik deb ataymiz. Chunki u hukmlarning haqiqati va voqe’ligiga ana shu vasflar muvofiq. Chunki adolat – hamma bir xil darajada erishadigan va unga erishish asnosida bir taraf boshqasiga minnat yoki imtiyoz da’vosini qilolmaydigan haqdir. Fikrimizning xulosasi o‘laroq shunday deymiz: Ahli zimmat va ular hukmidagi kishilarga islomning oliyjanob munosabatlarini bundan so‘ng bag‘rikenglik deb emas, balki adolat yoki insoniylik deb nomlasak haqiqatga yaqinlashgan bo‘lamiz.

Masalan, Imom Kosoniyning “Badaius sanai’” da zikr qilgan: “Zikr qilganlarimizdan xamr, cho‘chqa va hochni sotishdan, garchi ahli islomdan ko‘pchilik yashasada, lekin musulmonlar yeri bo‘lmagan qishloq yoki mavzelarda qo‘ng‘iroq chalishdan man’ etilmaydi”. (Badai’us sana’i”, 7/113) jumlalari islom bag‘rikengligi emas, balki uning adolati yoki insoniyligi ifodasidir.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!