Deputat tashabbusi bilan 47 ta maktabga zamonaviy interaktiv doskalar berildi

Deputat tashabbusi bilan 47 ta maktabga zamonaviy interaktiv doskalar berildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bahromjon Rahmonaliyev Oltiariq tumanida bo‘lib, saylovchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida fuqarolar o‘zlarini o‘ylantirib kelayotgan ayrim masalalar bo‘yicha deputatga murojaat qildi. Xalq vakili tegishli idora mas’ullari bilan birgalikda ko‘plab murojaatlarni joyida hal etish choralarini ko‘rdi. Yechimi vaqt talab etadigan masalalar nazoratga olindi.

Deputatning o‘tgan galgi saylovchilar bilan uchrashuvlarida o‘qituvchilar sifatli ta’lim uchun zamonaviy jihozlar zarurligini ta’kidlab, maktablarni interaktiv doskalar bilan ta’minlash yuzasidan yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Mazkur murojaat yechimi deputat nazoratiga olingan edi.

E’tiborlisi, bu safargi uchrashuvlarda deputat ishtirokida Oltiariq tumanidagi 47 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun zamonaviy interaktiv doskalar tantanali tarzda topshirildi.

Muloqotlarda ushbu elektron doskalar o‘qituvchi va o‘quvchilarning intellektual salohiyatini hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etilib, deputatga minnatdorlik bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!