Zahar shimdirilgan qadimiy kitoblar topildi

Zahar shimdirilgan qadimiy kitoblar topildi

Olimlar Janubiy Daniya universiteti kutubxonasida muqovalariga margimush shimdirilgan XVI va XVII asrlarga tegishli uchta kitob borligini aniqlashdi.

Xavfli kitoblar maxsus qutilarga solinib, havo almashib turadigan shkafga joylashtirildi. Olimlar bu zaharli kitoblarga qo‘l tekkizish ehtimolini kamaytirish uchun ularni raqamlashni rejalashtirishmoqda.

The Conversation nashrining xabar berishicha, zaharli kitoblar ilmiy kutubxonachi Yakob Povl Xolk va fizika, ximiya va farmasiya kafedrasi dosenti Kaare Lund Rasmussen tomonidan aniqlangan. Ular kitoblar muqovasi ostida yashirin matnlar bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida ularni rentgenofluoressent tahlildan o‘tkazmoqchi bo‘lishgan.

Tadqiqot esa kitob muqovasidagi yashil bo‘yoq insonni o‘ldiruvchi margimush zaharidan iborat ekanligini ko‘rsatgan. Bu zahar vaqt o‘tsa ham o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi.

Olimlarning fikricha, tarkibida margimush bo‘lgan yashil bo‘yoqdan XIX asrga qadar, toki uning zaharli ekanligi aniqlanmagunicha tasviriy san’atda foydalanib kelingan. Kitoblar muqovalari turli hasharotlardan himoya qilish maqsadida mazkur bo‘yoq bilan bo‘yalgani taxmin qilinmoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!