Dahshat! O‘smir ona farzandini tiriklayin yerga ko‘mdi. It esa uni qutqarib qoldi

Dahshat! O‘smir ona farzandini tiriklayin yerga ko‘mdi. It esa uni qutqarib qoldi

Tailandlik fuqaro iti bilan birga kechki sayrga chiqdi. Ammo it o‘zini bu safar boshqacha tuta boshladi. Ping Pong boshini qimirlatar, yerga ishora berar va uni qazishga harakat qilardi.

Itning egasi esa nima bo‘layotganini tushunmasdi. Bir necha daqiqadan so‘ng erkak dahshatdan qotib qoldi: qumlar orasidan chaqaloqning oyog‘i chiqdi. Erkak tezda bolani u yerdan chiqarib oldi. Mo‘jizani qarangki, go‘dak hamon nafar olardi. Shifokorlar chaqaloqni qutqara olishdi.

Tergov boshlandi. Surishtiruvlar davomida chaqaloqning onasi 15 yoshli qiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, «ona» farzandidan qutilish uchun shu ishni qilgan ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!