Dahshat! Ukrainada qizining kesilgan boshini olib ketayotgan ayol qo‘lga olindi (+18)

Dahshat! Ukrainada qizining kesilgan boshini olib ketayotgan ayol qo‘lga olindi (+18)

Ukrainaning Xarkov shahri ko‘chasida yalang‘och ayol pichoq va paket bilan qo‘lga olindi. Paketda qizining kesilgan boshi bor edi. Bu haqda 30 aprel, payshanba kuni Focus.ua xabar bermoqda.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, xavfsizlik xodimlari ayolning ahvoli yaxshi emas, deb topishdi. Ayol nima bo‘lganini tushuntirishdan bosh tortdi.

Shu kuni ertalab Podvorki qishlog‘ining 40 yoshli fuqarosi polisiyaga murojaat qilgandi. U 38 yoshli singlisi va 11 yoshli jiyani bilan birga yashar edi. Payshanba kuni ertalab u qizning boshsiz jasadini topgan. Tergov-tezkor guruh voqea joyiga jo‘nab ketgandi.

Ayolning qo‘shnilari uning ahvoli yaxshiligi va ishlashini aytishmoqda. Oila kambag‘al yashagan, lekin qiz yaxshi tarbiyalangan va maktabga qatnagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!