Dahshat! Sakkiz bolali ayol toshbo‘ron qilib o‘ldirildi

Dahshat! Sakkiz bolali ayol toshbo‘ron qilib o‘ldirildi

BMTning Yaqin Sharq bo‘yicha vakili Nikolay Mladenov falastinlik oilaning toshbo‘ron qilinishi qoraladi. Uning ta’kidlashicha, bunday hodisalar Isroil va Falastin o‘rtasida tinchlikka erishishni qiyinlashtiradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, juma kuni Iordan daryosining G‘arbiy sohilida isroilliklar falastinlik oilani toshbo‘ron qilgan. Buning oqibatida sakkiz farzandning onasi bo‘lgan Oysha Rabi vafot etgan, uning eri jarohat olgan.

Nikolay Mladenov marhumaning yaqinlariga ta’ziya bildirdi va erining tezroq tuzalib ketishini tiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil mazkur voqea bo‘yicha tekshiruv boshlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!