Dahshat! 14 yashar qizni zo‘rlab, axlatxonaga tashlab ketishdi

Dahshat! 14 yashar qizni zo‘rlab, axlatxonaga tashlab ketishdi

23 avgust kuni taxminan soat 7 larda 14 yoshli qizning onasi «#Not SilentKidsKZ» harakati ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, uning qizi zo‘rlanganini aytdi, dedi harakat rahbari Dina Smailova. Voqea Almatida sodir bo‘lgan.

"Kechki soat 4 larda qizning onasiga telefon orqali qizining sinfdoshi qizaloqning hushsiz, alkogol bilan zaharlangan holda axlatxona yonida yotgani haqida xabar bergan. Ona darhol chiqib ketgan va qizlardan qizini tashlab ketmaslikni so‘ragan.

Keyinroq aniq bo‘lishicha, maktab o‘quvchilari va bir xizmatkorning tavsifiga ko‘ra, qizni bir nechta erkak sudrab olib, mashinaga joylashtirgan va olib ketgan. Sinfdoshlar esa polisiyaga xabar qilib, bola o‘g‘irlanganini aytishgan. Ular deyarli ikki soatdan so‘ng tumanning narigi tomonidagi axlatxona yonidan qizni topganlar. U hushidan ketgan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uning sochlari ho‘l va iflos edi, go‘yo uning ustidan suv quyilgandek edi", – deb yozadi Dina o‘zining Facebookdagi sahifasida.

Tekshiruv davomida ginekolog qizaloqning nomusiga tajovuz qilinganini aniqladi. Dina Smailova, shuningdek, qizda amneziya borligini aytmoqda.

Qiz ko‘p narsani eslay olmaydi. Eslagani: dugonasi bilan kunduzi soat ikkida, maktabdan uzoqroq joyda uchrashgan, o‘sha paytda ularning oldiga bir tanish odam kelgan, u spirtli ichimlik ichgan bo‘lgan… Qizcha shundan keyin kasalxonada ko‘zini ochganini eslaydi. Ikki soatdan besh soatgacha bo‘lgan vaqt ichida nima bo‘lganini bola aytolmaydi, deb yozadi Smailova.

Harakat yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, tergov guruhi kasalxonaga 21.30 da yetib kelgan, bu vaqtga qadar shahar prokuraturasiga xabar berilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!