COVID-19 bilan bog‘liq tadqiqot irqchilik sabab to‘xtatildi

COVID-19 bilan bog‘liq tadqiqot irqchilik sabab to‘xtatildi

AQShning Minnesota shtatida yangi turdagi koronavirus ta’sirini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadqiqot to‘xtatildi.

Bu haqda “Time” nashri xabar berdi.

Tadqiqot AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) tomonidan olib borilayotgan edi.

Ta’kidlanishicha, to‘xtatilgan tadqiqot "Jamiyatning favqulodda vaziyatlarga ta’sirini baholash" deb nomlangan bo‘lib, 14-30 sentyabr kunlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.

“CDC”ning ta’kidlashicha, bir qator jiddiy hodisalar loyihaning to‘xtatilishi uchun sabab bo‘lgan.

Minnesota shtati Sog‘liqni saqlash departamenti xodimi Den Xaffning ma’lum qilishicha, xususan, qora tanli mutaxassislardan iborat tadqiqot guruhi irqiy ta’qibga uchragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!