Chirchiq daryosiga cho‘milishga borgan bolalar daryoda qolib ketdi

Chirchiq daryosiga cho‘milishga borgan bolalar daryoda qolib ketdi

2021 yilning 8 iyun kuni soat 21:00da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Sergeli tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasida uchta voyaga yetmagan bolalar qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Chirchiq daryosida uch nafar bolalar cho‘milish maqsadida daryo o‘rtasidagi orolchaga suzib borishgan. Ammo suv sathining keskin ko‘tarilganligi va oqim tezlashganligi tufayli orqaga qaytishning imkoni bo‘lmay qolgan.

Mazkur holat bo‘yicha, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan belgilangan hududga yetib borishdi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, orolchada qolib ketgan uch nafar bolalar maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tilib ota-onalariga topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!