Chiqindilardan qurilgan zamonaviy shoxobchada aholiga chiqindi uchun pul to‘lanmoqda

Chiqindilardan qurilgan zamonaviy shoxobchada aholiga chiqindi uchun pul to‘lanmoqda

Toshkent viloyatining Angren shahrida “Zero Waste” davlat xususiy sheriklik bitimi asosidagi sanitar tozalash korxonasiga qarashli hudud aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy chiqindi yig‘ish shoxobchasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Shoxobchada chiqindilarni saralab joylash uchun alohida konteynerlar qo‘yilgan. Shuningdek, qayta ishlanadigan chiqindilar uchun oq paket, qayta ishlanmaydigan chiqindilar uchun qora paket, oziq-ovqat chiqindilari uchun jigarrang paket ajratilgan.

Qolaversa, mazkur shoxobchada respublikamizda ilk bor qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish tajribasi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, aholiga oq paket uchun 1500 so‘m, jigar rang paket uchun 500 so‘m pul to‘lanadi. Shuningdek, bu yerda kichik savdo shoxobchasi ochilgan bo‘lib, aholi chiqindi uchun to‘langan pulga o‘ziga kerakli narsalarni sotib olishi mumkin.

E’tiborli tomoni, chiqindi shoxobchasi qurilishida, asosan, chiqindiga aylangan yuk tashishga mo‘ljallangan konteynerlar, shisha idishlar kabi foydalanishdan chiqarilgan xomashyolar ishlatilgan. Elektr bilan ta’minlash uchun quyosh panellari o‘rnatilgan. Shoxobchada ishchi-xizmatchi yashashi va ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!