Byuro 66 ishchining 106 mln. so‘m maoshini undirib berdi

Byuro 66 ishchining 106 mln. so‘m maoshini undirib berdi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Sho‘manoy tuman bo‘limining ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining qarzdor Sho‘manoy agroservis mashina traktor parki MCHJ dan undiruvchi 66 fuqaroga jami 106 047 384 so‘m ish haqlarini undirib berish haqidagi ijro hujjati kelib tushdi.

Ushbu ijro hujjatining ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan tegishli tartibda majburiy ijro harakatlari olib borildi va natijada ijro hujjatining ijrosi amalda to‘liq ta’minlandi.

Xususan, ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida, qarzdorning bankdagi barcha hisob raqamlariga band solingan hamda hisob raqamida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganligi sababli qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar xatlovga olinib, baholandi va elektron onlayn-auksion orqali savdoga chiqarildi.

O‘tkazilgan onlayn-auksion savdolarida xatlangan mol-mulklar sotilib, sotuvdan tushgan mablag‘lar hisobidan jami 66 fuqaroning 106 047 384 so‘mlik ish haqlari to‘liq undirib berildi.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!