Buxoroda nikoh to‘yi bo‘lgan 16 yoshli yigit va 17 yoshli qizning ota-onasi javobgarlikka tortiladi

Buxoroda nikoh to‘yi bo‘lgan 16 yoshli yigit va 17 yoshli qizning ota-onasi javobgarlikka tortiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda voyaga yetmaganlarning to‘y marosimi aks etgan video tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olindi❕

📌 O‘rganish davomida aniqlanishicha, 2008 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan A.A. (o‘g‘il bola) 2007 yilda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan R.N. (qiz bola) ning o‘rtasida ikkala voyaga yetmaganning oilalari o‘zaro kelishuvi asosida joriy yilning 29 iyun kuni Buxoro shahrida nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan.

🔴 Mazkur holat yuzasidan Qorakul tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi.

🔘 Bugun, 2 iyul kuni voyaga yetmaganlarning ota-onalari N.S. va N.Q. larni MJtKning 47-3 moddasi (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan hujjatlar sudga yuborildi.

🖇 O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga asosan, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

Bu qonuniy talabning buzilishi bolaning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy, aqliy va ma’naviy uyg‘un ravishda kamol topishi huquqlariga mutlaqo ziddir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!