Bozor oralaymiz: Nima, qayerda, qanchadan sotilmoqda?

Bozor oralaymiz: Nima, qayerda, qanchadan sotilmoqda?

Qarshi shahri "Erqo‘rg‘on" dehqon bozorida 1 kg. un 2400 so‘mdan 3500 so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa, Respublikaning aksariyat bozorlarida ushbu mahsulot 3500-4000 so‘mdan aholiga yetkazib berilmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jalik) mahsulotlar narxlarini o‘rganishni davom etadi. 

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2018 yil 16 sentyabr holatidagi narxlari. 

Mol go‘shti

26 000 so‘mdan 41 000 so‘mgacha 

 

d4a57e40_1fcc_4c7e_832b_f38075e3abd3_cx0_cy10_cw0_w1023_r1_s.jpg

 

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shti 26 ming so‘mdan 41 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlarni bir oydan buyon kuzatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin – 26000 so‘m. 

 

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol go‘shti 26-40 ming so‘m. 

 

Eng qimmat narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. mol go‘shti 30000 so‘mdan 41000 so‘mgacha sotilmoqda.

 

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha 

 

15ed8d8d_8cee_41e0_9432_40e557dd2162_w1023_r1_s.jpg

 

Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida bu hafta qo‘y go‘shti ham respublikaning boshq hududidan ko‘ra qimmatroq – 43000 so‘mdan 44000 so‘mgacha. Eng arzon narxlarni poytaxtning “Qo‘yliq”, "Mirobod", "Chorsu", “Farhod” bozorlarida uchratish mumkin – 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 28000 – 40000 ming so‘m. 

 

Tovuq go‘shti

11 000 so‘mdan 20 500 so‘mgacha 

 

9255f1ea211f0420f24e0d9bb2df9f51_720x480.jpg

 

Eng arzon tovuq go‘shti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 11000-12000 so‘m. Eng qimmat narxda ushbu mahsulot Farg‘ona markaziy dehqon bozorida sotilmoqda – 15500 – 20500 so‘m. Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go‘shti o‘rtacha 17000 so‘mdan iste’molchilarga yetkazib berilmoqda. 

 

Guruch

3 500 so‘mdan 15 000 so‘mgacha 

 

ris_devzira_2_4_lazer.jpg

 

Respublika bozorlarida guruchni o‘rtacha narxda 5000-10000 so‘mgacha uchratish mumkin. Biroq, bir necha haftadan buyon Farg‘ona markaziy dehqon bozorida guruch narxi qimmatligicha qolmoqda. Masalan, o‘tgan haftada ushbu bozorda 1 kg. guruch 5500-12500 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, hozirda uning narxi 5000 – 15000 so‘mdan sotilmoqda. O‘tgan haftada kuzatilganidek, eng arzon guruch Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 – 11000 so‘m. Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida guruch boshqa bozorlarga qaraganda arzonroq – 4200 – 9500 so‘m. 

 

O‘simlik yog‘i

8000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha 

 

fe6ddc67a20b6100053ad6be91646d72.jpg

 

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. o‘simlik yog‘i 8000-12000 so‘mdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng qimmati Samarqand shahri "Siyob" bozorida – 10000-12000 so‘m. Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida o‘zgarishsiz qolmoqda – 8000-15000 so‘m. 

 

Un

2400 so‘mdan 4 000 so‘mgacha 

 

1_1.jpg

 

Eng arzon narx Qarshi shahri "Erqo‘rg‘on" dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 2400 so‘mdan 3500 so‘mgacha. Respublikaning aksariyat bozorlarida ushbu mahsulot 3500-4000 so‘mdan aholiga yetkazib berilmoqda.

 

Shakar

4000 so‘mdan 5 200 so‘mgacha 

 

2018_05_08_171720_36c09f33c.jpg

 

Eng qimmat narxlardagi shakar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 4400-5200 so‘m. Eng arzoni esa Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 4000-4200 so‘m. 

 

Tuxum

300 so‘mdan 600 so‘mgacha 

 

eggs_1.jpg

 

Bu haftada ko‘plab bozorlardagi tuxum narxlari o‘rtacha 400-500 so‘mdan sotilmoqda. Eng arzon narx Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 300-600 so‘m. 

 

Kartoshka

1000 so‘mdan 3000 so‘mgacha 

 

kartoshka.jpg

 

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. kartoshka 2000-3000 so‘m. O‘tgan haftalarda Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kartoshka boshqa hududlarga qaraganda qimmat (1500-3000) edi. Bu hafta narxlarning sezilarli pasaygani kuzatildi 2000-2200 so‘m. Eng arzon narxlardagi kartoshka Yunusobod dehqon bozorida – 1000-2000 so‘m

 

Pomidor 

3000 so‘mdan 8000 so‘mgacha 

 

bez_nazvaniya.jpg

 

O‘tgan haftada kuzatilgani kabi bu haftada ham mamlakat bozorlarida ayni mavsum bo‘lishiga qaramay pomidor narxi qimmatligicha saqlanib qolmoqda. O‘rtacha ushbu mahsulot 3000-5000 so‘mda sotilayotgan bo‘lsa, ayrim bozorlarda 7000 ("Qo‘yliq" dehqon bozori) so‘m, 8000 (Chorsu dehqon bozori) so‘m, 9000 (Yunusobod dehqon bozori) so‘mda ham uchratish mumkin. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!