Humo to‘lov tizimi baribir xususiylashtiriladi

Humo to‘lov tizimi baribir xususiylashtiriladi

Milliy banklararo prosessing markazi (Humo) xususiylashtiriladi. Bu prezidentining 19 apreldagi iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorida nazarda tutilgan.

To‘lov tizimi davlat aksiyalari yoki aksiyalar paketlari ochiq kimoshdi savdosiga qo‘yilishi kerak bo‘lgan 247 ta kompaniya ro‘yxatiga kiritildi.

Prezidentning 30 noyabrdagi qarori bilan Markaziy bankning Bosh axborotlashtirish markaziga tegishli bo‘lgan Humo to‘lov tizimidagi davlat ulushi (100 foiz) to‘liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) ga o‘tkazilgandi.

O‘shanda Humo to‘lov tizimining Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi xususiylashtirish bilan bog‘liq emas, deya ma’lum qilgandi agentlik «Gazeta.uz»ga. Ta’kidlanishicha, Markaziy bank balansida banklararo prosessing markazining mavjudligi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, milliy to‘lov tizimi 2018 yil sentyabr oyida yaratilgan. O‘shanda chakana to‘lovlarni qayta ishlash bo‘yicha davlat prosessing markazining mavjud emasligi milliy to‘lov tizimining xavfsizlik darajasini pasaytirishi, to‘lov infratuzilmasining yagona integrasiyalashuviga yo‘l qo‘ymaysligi va bitta monopoliya tizimining hukmronligiga olib kelishi ta’kidlangandi.

Humo o‘sha paytdagi yagona prosessing markazi — xususiy tuzilma bo‘lgan Uzcard dasturiy ta’minotidagi katta nosozlikdan keyin tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!