“Boshqalariga o‘xshamaydi”: Rossiyada koronavirusning ikkita shtammi shakllangani ma’lum qilindi

“Boshqalariga o‘xshamaydi”: Rossiyada koronavirusning ikkita shtammi shakllangani ma’lum qilindi

Rossiyada koronavirusning sibircha va shimoliy-g‘arbcha variantlari shakllanmoqda. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 ning yangi shtammlari xorijda ta’riflanayotgan biror bir variantga o‘xshamaydi.

“Biz sibircha variantning shakllanayotganini ko‘ryapmiz, biz shimoliy-g‘arbcha variantning shakllanayotganini ko‘ryapmiz”, - dedi Popova Rossiya Fanlar akademiyasining tibbiyot fanlari bo‘limining yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!