Bosh vazirga suiqasd tayyorlashda gumonlanuvchi qo‘lga olindi

Bosh vazirga suiqasd tayyorlashda gumonlanuvchi qo‘lga olindi

Ispaniya polisiyasi mamlakat hukumati rahbari Pedro Sanchesga suiqasd tayyorlashda gumonlanuvchini qo‘lga oldi, deb yozadi Meduza. Operasiya Kataloniyadagi Terrasa shahrida uch hafta avval o‘tkazilgan, ammo bu haqda endi ma’lum qilinmoqda.

62 yoshli gumonlanuvchi Manuel Murilyo Sanches xususiy qo‘riqlov kompaniyasida ishlagan va qurol saqlash uchun lisenziyaga ega bo‘lgan. Publico gazetasi uni snayper deb atamoqda: u o‘zi ko‘p yillar davomida mashq qilgan merganlik klubining eng yaxshi o‘qchisi bo‘lgan. Tintuv chog‘ida undan 16 ta qurol — to‘pponchalar, vintovkalar va avtomat olib qo‘yilgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi hukumatning diktator Fransisko Franko jasadini eksgumasiya qilish (murdani go‘rdan kavlab olish) rejalari tufayli bosh vazirga suiqasd tayyorlagan. Frankoning jasadini Shahidlar vodiysidan boshqa joyga olib o‘tishmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!