Besh karra Yevropa chempioni uyida o‘lik holda topildi

Besh karra Yevropa chempioni uyida o‘lik holda topildi

Rossiyalik kikbokschi Diana Karateeva o‘zining Abakandagi uyida (Xakasiya) o‘lik holda topildi. Bu haqda «Kun» xabar bermoqda.

Sportchining jasadini uning do‘stlari topishgan. Dastlabki taxminga ko‘ra, 23 yoshli Karateeva is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan. Fojia tafsilotlari surishtiruv ishlari yakunlanganidan so‘ng ma’lum qilinishi aytilmoqda.

Karateeva kikboksing bo‘yicha Yevropa chempionatida besh marta g‘olib chiqqan. U shuningdek, Rossiya terma jamoasining sobiq a’zosi bo‘lgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!