Belarus bosh vaziri O‘zbekistonga o‘zaro savdoni ko‘paytirishni taklif qildi

Belarus bosh vaziri O‘zbekistonga o‘zaro savdoni ko‘paytirishni taklif qildi

Belarus bosh vazir Andrey Kobyakov O‘zbekiston parlament delegasiyasiga o‘zaro savdoni ko‘paytirishni taklif qildi.

O‘zbekiston parlament delegasiyasi Belarusga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Belarus bosh vaziri Kobyakov va O‘zbekiston senat spikeri Nig‘matillo Yo‘ldoshev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Sputnik"ning yozishicha, uchrashuv chog‘ida bosh vazir ikki davlat o‘rtasida tashqi savdo hajmi o‘sib borayotganini ta’kidladi.

"Biroq Belarus va O‘zbekiston uchun 130 million dollarlik o‘zaro savdo — bu juda kichik raqamlar. Iqtisodiyotimiz salohiyati bulardan ortiq, biz yaqin vaqtlarda o‘zaro savdoni ko‘paytirishimiz zarur", — deb Kobyakov so‘zlarini keltiradi Belarus hukumati matbuot xizmati.

Belarus bosh vaziri so‘zlariga ko‘ra, Minsk O‘zbekistonga sut mahsulotlari, mol va tovuq go‘shtini yetkazib berishni taklif qilishi mumkin. 
Minsk o‘z navbatida paxta tolasi, yangi va qayta ishlangan meva va sabzavotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha Toshkent taklifini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Bosh vazir 2019-2020 yillarda hamkorlik qilish "yo‘l xaritasi"ni tayyorlashni taklif qildi. Kobyakov mamlakatlar axborot texnologiyalar, ta’lim va madaniyat sohasida salohiyatga ega ekanligini e’tirof etdi. Shu bilan birga, Belarus O‘zbekistonda agrar majmualarini yaratishda ishtirok etishda tayyor ekanligini ma’lum qildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!