"Barselona"ning 27 yoshli sobiq hujumchisi avtohalokatda vafot etdi

"Barselona"ning 27 yoshli sobiq hujumchisi avtohalokatda vafot etdi

“Barselona”ning sobiq hujumchisi Maksi Rolon avtohalokatda vafot etdi. U endigina 27 yoshda edi. Bu haqda Goal portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi va uning akasi bo‘lgan mashina yo‘lidan chiqib ketib, daraxtga borib urilgan, ikkalasi ham voqea joyida halok bo‘lgan.

Rolon "Barselona" yoshlar jamoasida o‘ynagan, shuningdek, Janubiy Amerikaning bir nechta klublarini sharafini himoya qilgan.

Bundan tashqari, argentinalik futbolchi 2017 yilda Rossiyaning “Ural” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, biroq Yekaterinburg klubiga to‘g‘ri kelmay, Rossiyadan qaytib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!