"Barselona" afsonasi kamera ko‘tarib olgan muxlisni tepdi

"Barselona" afsonasi kamera ko‘tarib olgan muxlisni tepdi

“Barselona” afsonasi, hozirda Kamerun futbol federasiyasini boshqarayotgan Samyuel Eto'O kamera ko‘tarib olgan futbol muxlisini tepdi.

Hodisa Braziliya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 final uchrashuvidan (4:1) so‘ng yuz berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi jazoirlik bo‘lib, u “Anji”ning sobiq hujumchisidan JCh saralash bosqichi doirasidagi Jazoir - Kamerun (1:2) uchrashuvi hakamlariga qancha pul berganini so‘ragan.

Aynan Jazoir ustidan qilingan g‘alaba evaziga kamerunliklar 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatiga yo‘llanma olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!