Ashxobod shahrida sel ombori 2 kunlik yomg‘ir suvini yig‘ib oldi

Ashxobod shahrida sel ombori 2 kunlik yomg‘ir suvini yig‘ib oldi

Ashxabod shahri 2020 yillardan oldin kuchli yomg‘irlar yog‘ishi natijasida shahar atrofidan yig‘ilgan sel oqimlaridan bir necha bor zarar ko‘rgan edi.

Natijada, ular shaharga sel xavflarini kamaytirish uchun shahar atrofida bir necha sel irmoqlarini birlashtiruvchi sel omborini qurishdi (https://telegra.ph/Proshedshie-silnye-dozhdi-stali-pervym-ispytaniem-dlya-kompleksa-selezashchitnyh-sooruzhenij-v-Ashhabade-05-09). 2022 yil sel ombor gidrotexnik inshooti to‘liq bitdi.

Kecha ana o‘sha sel ombor shahar uchun kuchli yomg‘irdan so‘ng (https://t.me/uzb_meteo/15889) atrofda shakllangan sel suvlarini birinchi marta o‘zida "ushlab qolib", shaharni sel oqiziqlaridan asradi. Endi Ashxobod shahri bu suvni tindirib, filtrdan o‘tkazib, shahar ehtiyoji uchun ishlatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!