Astraxanda besh kishi noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi

Astraxanda besh kishi noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi

Tergov organlari besh kishining noma’lum moddadan zaharlanib vafot etgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Astraxan viloyati Tergov qo‘mitasining tergov boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi TASS'ga tayanib, Kazinform.

“Besh kishining o‘limi yuzasidan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismi (ikki yoki undan ortiq odamni tasodifiy o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, — deyiladi xabarda.

Astraxanliklarning o‘limining dastlabki sababi noma’lum moddadan zaharlanishdir.

“Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasining tergov boshqarmasi matbuot xizmati, shuningdek, Astraxan viloyatiga yaqin shahar va tumanlarning 14 nafar fuqarosi shifoxonaga yetkazilgani haqida xabar berdi. Ulardan 11 nafarining ahvoli og‘ir, ular hozirda shifoxonada”, — deyiladi xabarda.

Tergov organlari versiyasiga ko‘ra, 2024 yil 9 may kuni Sovetskiy va Trusovskiy tumanlarining bir qancha joylarida va avtomobil ichidan 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ayollar va erkaklarning jasadlari topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi giyohvand moddalar iste’mol qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!