Berlinning sobiq meriga hujum uyushtirildi

Berlinning sobiq meriga hujum uyushtirildi

Seshanba kuni Berlinning sobiq meri, Jn Oila masalalari bo‘yicha federal vazir Fransiska Giffiga hujum uyushtirildi.

Berlin kutubxonasida bo‘lib o‘tgan tadbir vaqtida uning orqasidan noma’lum erkak kelib, ichiga qattiq narsa solingan sumka bilan kaltaklagan. Siyosatchi boshi va bo‘ynidan jarohat olgan va ambulator davolanish uchun kasalxonaga yotqizilgan.

Polisiya hujumchini qo‘lga oldi, u 74 yoshli erkak bo‘lib chiqdi. Mahalliy matbuotning yozishicha, unda “ruhiy kasallik belgilari” bor. Gumonlanuvchining hujumi sabablari aniqlanmoqda. Erkakning kvartirasi tintuv qilindi.

Hujumdan keyin F.Giffi voqeaga izoh berdi. U vaziyat va Germaniyada siyosiy faol hamda sodiq odamlarga hujumlar soni ortib borayotganidan xavotirda ekanini aytdi.

O‘tgan hafta Yevroparlamentga yetakchi nomzodlardan biri, sosialist Mattias Ekke Drezdenda plakatlarni osgan vaqtida og‘ir jarohat olgan edi. Polisiya o‘ta o‘ng qanotga aloqador bo‘lgan to‘rt nafar o‘smirni tergov qilmoqda.

Avvalroq shaharda Yashillar faoli kaltaklangan, seshanba kuni esa partiya vakili Ivonna Moslerga hujum qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!