Namanganlik talabalar robot mashina yaratdi

Namanganlik talabalar robot mashina yaratdi

Namangan muhandislik-texnologiya institutining bir guruh iqtidorli talabalari tomonidan oliy o‘quv yurti tarixida ilk bor robot mashina yasaldi. Umumiy og‘irligi 45 kilogramm, uzunligi 110/50 santimetr bo‘lgan ushbu robot masofadan boshqariladi va 80-110 kilogramm og‘irlikdagi yukni hech qanday qiyinchiliksiz belgilangan manzilga olib boradi.

-- Zamon shiddat bilan o‘zgarayotgan bir paytda robototexnika sohasi ham rivojlanib bormoqda. Biz jamoamiz bilan birgalikda o‘z g‘oyalarimizni amalda tatbiq etish imkoniga ega bo‘ldik, -- deydi Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabasi Shohruz Toshqulov. -- Buning uchun oliy o‘quv yurtimizdagi mavjud texnoparkda kashfiyotimizni ro‘yobga chiqardik. Robotga “Ordino smd” platasini o‘rnatdik va bu bizga boshqaruv tizimini to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.

Aytish kerakki, mazkur qurilma to‘liq quvvatni akkumulyatordan oladi. Elektr hamda yuk ko‘tarish quvvatini oshirish maqsadida talabalar robotdagi elektrodvigetellar sonini oshirgan. Shuningdek, robotni oddiygina smartfon orqali boshqarish imkoniyati ham mavjud ekanligi tahsinga sazovor.

Namanganlik talabalar ushbu ixtirolari bilan ilk sovrinni ham qo‘lga kiritishga ulgurdi. Yaqindagina poytaxtimizda o‘tkazilgan Mudofaa sanoatida innovasion texnologiyalar festivalida Namangan muhandislik-texnologiya instituti jamoasi robototexnika yo‘nalishidagi musobaqada faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ayni kunlarda institut talabalari tomonidan ushbu robotni takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!