O‘zbekistonda yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori o‘zgartirildi

O‘zbekistonda yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori o‘zgartirildi

O‘zbekistonda yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori o‘zgartirildi.

Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan engil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori bekor qilindi. Endi subsidiya miqdori agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bog‘liq bo‘ladi.

Bundan tashqari, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya faqat tomorqa yer egasiga ajratilishi haqidagi talab bekor qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!