Bugun Toshkentning uchta tumanida vaqtincha gaz bo‘lmaydi

Bugun Toshkentning uchta tumanida vaqtincha gaz bo‘lmaydi

Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor, Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining quyidagi hududlariga 10 may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Chilonzor tumani: Gavhar, Tirsakobod 4-tor ko‘chalari
Aholi iste’molchilari soni: 36 ta yerli xonadon, ko‘p qavatli uylardagi 364 ta xonadon
Ulgurji iste’molchilar soni: 4 ta
AGTKSH: 1 ta

Yangihayot tumani: «Tashabbus», «Yangi umid», «Yangi turmush», «Yorqin hayot», «Yangi hayot», «Oriyat», «Gulshanobod», «Marhamat» va «Zarbdor» MFYlari
Aholi iste’molchilari soni: 85 ta yerli xonadon, ko‘p qavatli uylardagi 10542 ta xonadon
Ulgurji iste’molchilar soni: 55 ta

Mirzo Ulug‘bek tumani: Sho‘rtepa, Oyishaxonim, SH.Burxon, SH.Burxon 1-tor ko‘chalari
Aholi iste’molchilari soni: 217 ta yerli xonadon
Ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!