Agar Isroil Rafah shahriga hujum qilsa, biz ularga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatamiz - Bayden

Agar Isroil Rafah shahriga hujum qilsa, biz ularga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatamiz - Bayden

AQSh prezidenti Jo Bayden agar Isroil Rafah shahriga hujum uyushtirsa, ularga snaryad va o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatishini ma’lum qildi, deb xabar beradi BBC.

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilni G‘azo sektoridagi Rafah shahriga hujum uyushtirsa, ba’zi qurol turlari to‘xtatilishidan ogohlantirdi.

"Agar ular Rafahga bostirib kirishsa, men ularga shu paytgacha bu shaharga qarshi qo‘llanilgan qurollarni berishni to‘xtataman", - dedi Bayden chorshanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Biroq, u nima bo‘lishidan qat’i nazar, Isroil xavfsizligini ta’minlashga harakat qilishini aytdi.

Isroil Qo‘shma Shtatlarning dunyoga bergan kafolatlariga qaramay, HAMASning G‘azodagi so‘nggi tayanchi bo‘lmish Rafahga hujum qilishga tayyorlanayotganini bildirmoqda.

Bungacha AQSh va boshqa bir qator davlatlar vakillari G‘azoning boshqa hududlaridan kelgan qochqinlar bilan to‘la shahar aholisi soni BMT hisob-kitoblariga ko‘ra bir milliondan oshgani va bunday vaziyatda operasiya o‘tkazilsa, ko‘plab tinch aholining o‘limiga olib kelishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirgan edi.

“Biz qurol va artilleriya snaryadlarini bermaymiz”, - dedi Bayden.

Shu bilan birga, u Vashington SAXALning Rafah shahri va uning atrofidagi harakatlarini quruqlikdagi operasiya deb hisoblamasligini qayd etdi.

“Ular aholi punktlariga kirmadilar, faqat chegarada harakat qilishdi”, - dedi prezident va agar Isroil bu aholi punktlariga kirsa, AQShdan yordam olmasligini aniq aytdi.

Bayden G‘azo sektorida Amerika qurollari qo‘llanganini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!