Avtomobillar uchun audio-radio qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda

Avtomobillar uchun audio-radio qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda

Kuni kecha “O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbariyati va Turkiyaning “DAIICHI Electronic” kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Doruk Kara boshchiligidagi delegasiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar hamkorlikda yurtimizda avtomobillar uchun magnitofon va boshqa multimedia butlovchi qismlarini ishlab chiqarish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, uchrashuvda yurtimiz elektrotexnika sanoati va “DAIICHI Electronic” kompaniyasi faoliyati haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, bosh ofisi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan “DAIICHI Electronic” kompaniyasi dunyo avtomobilsozlik sanoatiga elektronika tizimlari yetkazib beruvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi.

Tadbirda mamlakatimizda rivojlanib borayotgan avtomobilsozlik sanoati uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish istiqbolli loyihalardan biri ekani ta’kidlandi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv yakunida tomonlar respublikamizda “DAIICHI” brendi ostida avtomobillar uchun audio-radio qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, investisiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘rganishlarni davom ettirishga kelishib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!