O‘zbekiston Qozog‘istonga borish niyatida bo‘lgan fuqarolariga murojaat qildi

O‘zbekiston Qozog‘istonga borish niyatida bo‘lgan fuqarolariga murojaat qildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga kelishni rejalashtirayotgan fuqarolarni qo‘shni davlat qonunlariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi, deb xabar berdi Kazinform agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Alixan Asqar.

Qozog‘istonga tashrif buyurish tartib-qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar munosabati bilan TIV o‘zbekistonliklarni shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini doimo o‘zlari bilan olib yurishga, shuningdek, maxsus rasmiy servislar orqali shaxsiy ma’lumotlarini tekshirishga chaqirdi.

“O‘zbekiston-Qozog‘iston yoki Rossiya-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda nafaqat Qozog‘iston, balki Rossiya hududiga ham kirishda hech qanday cheklovlar yo‘qligiga oldindan ishonch hosil qilish kerak. Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi “Ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etish to‘g‘risida”gi kelishuvga ko‘ra, Qozog‘istonning vakolatli organlari Rossiyaning migrasiya va boshqa qonun hujjatlarini buzgan shaxslarni yoki to‘lanmagan jarimalar bor-yo‘qligini tekshirishi mumkin. Agar yuqorida qayd etilgan talablardan biri bajarilmasa, Qozog‘iston Hukumati O‘zbekiston fuqarosining mamlakatga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin”, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Shu munosabat bilan o‘zbekistonliklarga Qozog‘iston va Rossiyaga tashrif buyurishda muammolar yuzaga kelmasligi uchun Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi Migrasiya ishlari bosh boshqarmasi veb-saytiga kirib, o‘zlariga nisbatan qandaydir cheklovlar bor-yo‘qligini bilish tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, 1 maydan boshlab Qozog‘istonning barcha aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!