Barnaulda odamlar samolyot trapidan qulab tushishdi – video

Barnaulda odamlar samolyot trapidan qulab tushishdi – video

Rossiyaning Barnaul shahrida olti nafar yo‘lovchi aeroportda samolyot trapidan qulab tushdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 07:30da Titov G.S. nomidagi Barnaul xalqaro aeroportida yo‘lovchilarning Uralskiye avialinii havo yo‘llari kompaniyasining Barnaul-Moskva reysiga minish chog‘ida sodir bo‘lgan.

Olti nafar yo‘lovchi jarohat olgan, ulardan to‘rt nafari Barnaul shahar 1-son shifoxonasiga yotqizilgan.

Iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatish holati yuzasidan (Rossiya JK 238-m. 1-q.) jinoiy ish qo‘zg‘atildi , - deyiladi xabarda.

Xabarda yozilishicha, yo‘lovchilar qulab trap 2018 yil oktyabr oyida tekshiruvdan o‘tkazilgan va uning nosozligi to‘g‘risida biror ma’lumot keltirilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!