Baliqchiga deputatning 26 yoshli o‘g‘li hokim bo‘ldi

Baliqchiga deputatning 26 yoshli o‘g‘li hokim bo‘ldi

Yangi hokimni saylash deputatlarning shahar keneshining sessiyada bo‘lib o‘tgan.

Qirg‘izistonning Baliqchi shahar hokimi lavozimiga 26 yoshli Marat Kudaybergenov tayinlandi.

Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi hokimni saylash deputatlarning shahar keneshining sessiyada bo‘lib o‘tgan. Marat Kudaybergenovdan tashqari hokimlik lavozimiga Qirg‘iziston fraksiyasidan Mirbek Shakirov ham kurash olib borgan

Saylovda 31 nafar deputat ishtirok etgan. Ulardan 22 nafari Kudaybergenov nomzodini yoqlab ovoz bergan, qolgan 9 nafari esa Shakirov nomzodini qo‘llab-quvvatlashgan.

Mahalliy qirg‘iz OAV xabariga ko‘ra, yangi saylangan hokim - Tokmok shahar keneshi deputatining o‘g‘li.

Xabarda Marat Kudaybergenov Jogorku Kenesh deputatlaridan birining yordamchisi sifatida faoliyat yuritgani ham qayd etilgan.

Marat Kudaybergenov 1993 yil Qirg‘izistonning Baliqchi shahrida tavallud topgan. Qirg‘iziston Milliy universitetini moliya va qarz mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Oilali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!