Bahodir Jalolov aprel oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi

Bahodir Jalolov aprel oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi

Professional boksning super og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasidagi ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik sportchi Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) aprel oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi.

10 aprel kuni keyingi jangimni o‘tkazishni reja qilganmiz. Hozircha promouterlarim jang bo‘lib o‘tadigan manzil va raqib bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda. Imkon qadar reytingi baland bokschiga qarshi jang qilmoqchiman , deya Jalolovning so‘zlarini keltirgan GoSport.uz.

10 aprel kuni Nyu-Yorkdagi Sony Hall saroyida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan yana bir o‘zbekistonlik bokschi Xurshidbek Normatov (7-0, 3 KO) ham navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Normatov 6 raundlik jangda ishtirok etsa, Bahodir Jalolov 8 raundlik jang o‘tkazishni rejalashtirgan. Hozircha ikkala bokschining ham raqiblari ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov so‘nggi marta 15 mart kuni (Toshkent vaqti bilan 16 mart) Kaliforniyada Villi Harveyga (3-2-1, 3 KO) qarshi ringga chiqib, 2 raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Normatov so‘nggi marta 2018 yilning 21 iyul kuni amerikalik Aleks Gaytanga (5-2, 2 KO) qarshi ringga chiqib, raqibini 6-raundda nokautga uchratgandi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!