Ayollarni mobil telefoni va pulini tortib olib, voqea joyidan yashiringan talonchilar qo‘lga olindi

Ayollarni mobil telefoni va pulini tortib olib, voqea joyidan yashiringan talonchilar qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida joriy yilning 27 oktyabr kuni 2 nafar noma’lum shaxs “Spark” rusumli avtomashinada Quvasoy ko‘chasiga kelib L.A. ( ismli ayol)ni “Xiaomi” rusumli mobil telefoni va M.S. (ismli ayol)ni 300 AQSh dollari hamda “Samsung” mobil telefonlarini tortib olgan va voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona tumanida yashovchi D.T. boshqaruvidagi “Spark” avtomashinasida tanishi K.B. bilan birga sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!