"Arsenal" muxlislari uchun noxush xabar: Obameyang boshqa jamoaga o‘tmoqchi

"Arsenal" muxlislari uchun noxush xabar: Obameyang boshqa jamoaga o‘tmoqchi

"Arsenal"ning gabonlik hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang yozda "Inter"ga o‘tishga qarshi emas. Bu haqda "ESPN" xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, "Arsenal" keyingi mavsumda YECHLda o‘ynashiga ko‘zi yetmayotgan futbolchi jamoasini almashtirmoqchi. Obameyangning "Arsenal" bilan shartnomasi 2021 yil yozida tugaydi, shuning uchun londonliklar ham futbolchini sotishlari mumkin. Obameyang "Inter"da "Real" yoki "Barselona"ga o‘tishi kutilayotgan Lautaro Martinesning o‘rnini egallashi mumkin.

30 yoshli hujumchi joriy mavsumda "Arsenal" safida barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!