AQShlik olimlar koronavirusni zararsizlantiruvchi dori topishdi

AQShlik olimlar koronavirusni zararsizlantiruvchi dori topishdi

Pittsburg universiteti (AQSh) olimlari hatto eng kam dozada ham SARS-CoV-2 koronavirusini zararsizlantira oladigan oqsil topishdi. Gap COVID-19 ga qarshi Ab8 preparatini tayyorlashda ishlatiladigan, antitanachadan 10 barobar qichik bo‘lgan oqsil birikmasi haqida ketmoqda.

Ushbu preparat koronavirus S-oqsili bilan aloqaga kirisha oladigan 100 mlrd. potensial molekulalarni tezkor tahlil qilish usuli bilan topilgan. Patogen organizmga aynan shu modda orqali kirib borishi mumkin. Immunoglobulin bilan oqsil birikmasi ro‘y bergach Ab8 preparati shakllanadi.

Tadqiqotda qayd etilishicha, mazkur dori vositasi sichqon va kalamushlarda koronavirusni davolashda juda yaxshi samara bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!