AQShda Lola Karimova prodyuserlik qilgan film taqdimoti bo‘lib o‘tdi

AQShda Lola Karimova prodyuserlik qilgan film taqdimoti bo‘lib o‘tdi

AQShning Los-Anjeles shahrida buyuk mutafakkir va Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva Facebook‘dagi sahifasida e’lon qildi, deya xabar berdi "xs.uz".

Ushbu film Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayevning prodyuserligi ostida rejissyor Bahodir Yo‘lldoshev tomonidan suratga olingan.

Los-Anjelesdagi taqdimotda 1969 yilda “Apollon 11” missiyasi doirasida Oy yuziga ikkinchi bo‘lib qadam bosgan afsonaviy amerikalik astronavt Bazz Oldrin va tarixiy kinolentada bosh rolni ijro etgan aktyor, jahon kinosi yulduzi Armand Assante ishtirok etishdi.

Mazkur kinoasar 2017 yilda 74-xalqaro Venesiya kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film” nominasiyasida nufuzli “Kineo” mukofotiga sazovor bo‘ldi, Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda esa “Eng yaxshi hujjatli film” nominasiyasida g‘olib bo‘ldi.

Qayd qilinishicha, hozircha hujjatli filmni ingliz tilida Amazon va Vimeo saytlari orqali ko‘rish mumkin.​ Shu yilning sentyabr oyida esa “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmini o‘zbek tilida ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!