Polisiya Tbilisidagi namoyishchilarga qarshi qalampir gazi ishlata boshladi

Polisiya Tbilisidagi namoyishchilarga qarshi qalampir gazi ishlata boshladi

Polisiya xodimlari Gruziya parlamenti binosi yaqinidagi namoyishchilarga qarshi qalampir gazidan foydalandi, deya xabar beradi BBC muxbirlari.

Namoyishchilar seshanba kuni parlament ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqa boshlagan «Xorijiy ta’sirning ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga norozilik bildirmoqda.

Parlament a’zolari muhokamani yakunlashga ulgurmadilar va ovoz berishni chorshanba kuniga ko‘chirishga qaror qilindi.

Polisiya avvalroq namoyishchilarni parlament binosiga xizmat eshigidan uzoqlashtira boshlagan va bir necha kishini hibsga olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!