Xitoy Fransiyani Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi sifatida jalb qilmoqchi - Intelligence Online

Xitoy Fransiyani Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi sifatida jalb qilmoqchi - Intelligence Online

Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi (MSS) Fransiyani Shveysariya bilan bir qatorda Rossiya va Ukraina o‘rtasida yangi vositachilik tashabbusini amalga oshirishga jalb qilishga urinmoqda. Bu haqda Fransiya maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan Intelligence Online nashri yozmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi birinchi qadam XXR raisi Si Szinpinning may oyi boshida Parijga bo‘lajak tashrifi chog‘ida muhokama qilinadi.

Nashrning yozishicha, MSS Shveysariya taklif qilgan muzokaralardan alohida, Moskva bilan ziddiyat yuzasidan parallel muzokaralar tashkil etishga harakat qilmoqda.

Xitoydagi ko‘plab yuqori martabali mulozimlarning aytishicha, Shveysariya sammitining muzokaralar dasturi G‘arb uchun juda qulay ko‘rilmoqda. Shu sababli, vazirlik Xitoy va Rossiya uchun maqbulroq bo‘lgan mamlakatni qidirmoqda. Turkiya ham ko‘rib chiqilayotgan davlatlar qatorida edi, ammo hozir u yaroqsiz deb hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!